Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ispaniyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada o‘nlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan temiryo‘l halokati munosabati bilan 29 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar umummilliy motam e’lon qilindi.

The Guardian nashri xabar berishicha, bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches ma’lum qilgan.

«Ispaniya qayg‘uda va jabrlanganlarni bag‘riga bosadi. Ispaniya hukumati va butun davlat jabrlanganlar hamda ularning oilalari bilan birga», — dedi Sanches.

Ispaniyadagi temiryo‘l halokati Toledo provinsiyasidagi Urda stansiyasi yaqinida Renfe va Iryo poyezdlari to‘qnashishi oqibatida sodir bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida kamida 68 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 20:35 28.10.2026. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!