Aniqlanishicha, 2026 yil 23 oktyabr kuni Qorako‘l tumani hududida fuqaro SH.R. tomonidan 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni prokuratura nazoratida.
Qorako‘l tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan voyaga yetmagan qiz holati o‘rganilib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingan.