Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronda shahar hokimi otib o‘ldirildi

Eronda shahar hokimi otib o‘ldirildi

Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida shahar hokimi otib o‘ldirildi.

Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatidagi Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy bugun ertalab qurolli hujum oqibatida otib o‘ldirildi.

Bu haqda «Ozod Eron» Telegram kanali ma’lum qilmoqda.

Viloyat gubernatori o‘rinbosari Abdolali Arjangning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar hodisa xavfsizlikka tahdid solish maqsadida sodir etilmaganini ko‘rsatmoqda.

Hujumning tafsilotlari, shuningdek, hujumchi yoki hujumchilarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!