AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi (ASEAN)ga mudofaa sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qilmoqda.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset ma’lum qilgan.
«Kelgusi yili AQSh va ASEAN o‘rtasida muloqot munosabatlari boshlanganiga 50 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan biz AQSH–ASEAN mudofaa sohasidagi hamkorlik bo‘yicha asosiy dasturni ishlab chiqishni taklif qilmoqdamiz. Ushbu dastur keyingi bir necha yil davomidagi hamkorligimizni belgilab beruvchi amaliy asos bo‘ladi», — dedi u Filippinda bo‘lib o‘tayotgan ASEANga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining kengaytirilgan yig‘ilishi doirasida.
Hegset mintaqaga «kuch orqali tinchlik» olib kelishga va’da berdi.
«Qo‘shma Shtatlar Tinch okeani mintaqasidagi davlat hisoblanadi va ASEAN bo‘yicha hamkorlarimiz bilan birgalikda kuch orqali tinchlikni ta’minlashga tayyormiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
ASEAN davlatlari mudofaa vazirlarining uchrashuvi 28–29 oktyabr kunlari Filippinning Sebu orolidagi kurortlardan birida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Avstraliya, Hindiston, AQSh va Yaponiyaning taklif etilgan vakillari ham ishtirok etmoqda.