Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya razvedkasi Belgiya siyosatchilarini qo‘rqitish kampaniyasini tashkil etganmi?

Rossiya razvedkasi Belgiya siyosatchilarini qo‘rqitish kampaniyasini tashkil etganmi?

Rossiya razvedkasi Belgiya siyosatchilarini qo‘rqitish orqali Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanishni bloklash kampaniyasini tashkil etgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Evropa maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kampaniya Belgiya rahbariyati va Rossiya aktivlarining asosiy qismi saqlanuvchi Euroclear depozitariysini boshqaruvchi shaxslarga qaratilgan edi. Xususan, Euroclear bosh direktori Valeri Urben turli tahdidlar olgan.

The Guardian bilan suhbatlashgan yevropalik amaldorlar bu kampaniya uchun mas’uliyatni Rossiya harbiy razvedkasi (GRU) zimmasiga yuklaydi, ammo bu xulosalarning qaysi asosga tayanilgani ko‘rsatilmagan.

Kiritildi: 22:25 18.12.2025. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!