Mazkur ish sudya Vladimir Zaysev boshchiligidagi hay’at tomonidan ko‘rib chiqdi, aynan u 2018 yilda Aleksey Navalniyni prezidentlik saylovlaridan chetlatishni qonuniy deb topgan edi.
Sud “Yabloko”ning barcha iltimosnomalarini rad etdi. Ish materiallariga, boshqalar qatori, Lev Oshanin merosxo‘rining “Pust vsegda budet solnse” qo‘shig‘i matnidan foydalanishga bergan yozma roziligini, sun’iy intellekt yordamida generasiya qilingan tasvirlardan foydalanishga ruxsat beruvchi ChatGPT'ning ommaviy qoidalarini, shuningdek, “Levada-Sentr” rahbarining “Yabloko” tomonidan tashviqot materiallarida markaz tadqiqotlari ma’lumotlarini taqdim etishga bergan rasmiy roziligini qo‘shib qo‘yish rad etildi.
Sud majlisi vaqtida Moskvadagi Oliy sud binosi oldida partiyaning o‘nlab tarafdorlari to‘plandi. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, 70 dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Keyinroq ularning aksariyati qo‘yib yuborilgan.