Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli futbolchi noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan boshlab yana milliy jamoa ixtiyorida bo‘ladi.

Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turida Daniyaga qarshi o‘yin oldidan Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. U tarkibga kiritilmasligini bilgach, jamoadan ketgan. Bunga qadar futbolchi 2-turda Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda ham maydonga tushmagandi.

Shundan so‘ng OAVda Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Avvalroq Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat uchun uzr so‘rashga asos ko‘rmayotganini ta’kidlagan va futbolchi xohlasa, jamoaga qaytishi mumkinligini aytgandi.

Krishtianu Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U milliy jamoa safida 234 ta o‘yinda maydonga tushib, 146 ta gol urgan.

Kiritildi: Bugun 05:49. O'qildi: 56 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!