Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonlik chempion va murabbiylarga beriladigan mukofotlar ma’lum

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonlik chempion va murabbiylarga beriladigan mukofotlar ma’lum

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar davlat tomonidan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, oltin medal sohibi 25 ming AQSh dollari, kumush medal olgan sportchi 12,5 ming dollar, bronza medal uchun esa 6 250 dollar miqdorida mukofot puli oladi.

Sportchilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiylar uchun ham alohida rag‘batlantirish belgilangan. Chempion sportchi murabbiyiga 10 ming dollar, kumush medal sohibi ustoziga 5 ming dollar, bronza medal uchun esa 2,5 ming dollar beriladi.

Ushbu miqdorlar prezidentning 2026 yil 21 sentyabrdagi PQ–347-son qarori bilan belgilangan.

Ayni paytda O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 20:40 03.10.2026. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!