Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronaldu futbol haqidagi serial ustida ish boshladi

Ronaldu futbol haqidagi serial ustida ish boshladi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Day 1s» nomli ilk seriali ishlab chiqarish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Portugaliyalik futbolchi loyiha ustida britaniyalik rejissyor va prodyuser Mettyu Von bilan hamkorlik qilmoqda.

«Ajoyib yangilik! Mening birinchi serialim «Day 1s» ustida ish boshlandi. Tez orada batafsil ma’lumot beraman», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

Deadline ma’lumotiga ko‘ra, serial voqealari futbol olamida kechadi. Bosh qahramon britaniyalik agent Stenli Dalton bo‘lib, uni Demien Lyuis gavdalantiradi. Loyihada Ronalduning o‘zi, shuningdek, Tyerri Anri va reper Dave ham ishtirok etishi mumkin.

Suratga olish ishlari bir necha oy avval Londonda boshlangan. Serialning premyera sanasi hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: 05:18 12.11.2026. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik