Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ronaldu endi APL klubini sotib olmoqchi

Ronaldu endi APL klubini sotib olmoqchi

Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi. Yulduzli futbolchi bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas.

The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, Ronaldu endilikda Angliya Premyer-ligasi klublaridan birining ulushini sotib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Hozirda moliyaviy maslahatchilar Ronaldu uchun turli xil bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasida "Manchester Yunayted" safida ikki davrni o‘tkazgan edi. Hozirda 41 yoshli portugaliyalik futbolchi "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda. Kuni kecha Ronaldu Saudiya Pro-ligasi doirasidagi o‘yinda penaltini golga aylantirdi va faoliyatidagi gollar sonini 965 taga yetkazib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:54 26.02.2026. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!