Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Tashiyev ketgan bo‘lsa, ortimda 7 mlndan ortiq do‘stim bor – Sadir Japarov

Tashiyev ketgan bo‘lsa, ortimda 7 mlndan ortiq do‘stim bor – Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev bilan oralarida chiqqan nizoga doir ayrim fuqarolarning xavotiriga munosabat bildirdi. U bu haqda “Kabar” milliy axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Tashiyev ketdi, lekin buni fojia darajasiga ko‘tarishning hojati yo‘q. Oldingisidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Hayot to‘xtamaydi. Agar bir do‘stim ketib qolgan bo‘lsa, mening ortimda 7 milliondan ortiq do‘stim bor. Men uchun eng qadrli narsa – xalqimiz va aziz davlatimiz", — dedi prezident.

Shuningdek, Japarov Qirg‘iziston xalqi tinchligini buzgan har qanday shaxs jiddiy jazoga tortilishini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 18:09. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!