Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sodir bo‘lgan YTHda bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa 24 fevral kuni soat 15:56larda, Baliqchi tumani «Eski Markaz» MFY hududi yuz bergan.
Jumladan, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi A.J. o‘zining «Zil 130» rusumli yuk transport vositasini boshqarib kelayotib, oldinda tartibga solingan chorrahadagi piyodalar o‘tish joyidan keskin yugurib chiqib yuborgan piyoda, 2017 yilda tug‘ilgan H.M.ni urib yuborib, rul boshqaruvini yo‘qotib, chorrahada to‘xtab turgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida, voyaga yetmagan piyoda H.M. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan vafot etdi, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.