Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Nashr manbalaridan birining aytishicha, Zelenskiy urush 2026 yilda yakunlanishiga umid qilishini bildirgan. Tramp esa ushbu mojaro haddan tashqari cho‘zilib ketganini aytib, uning bir oy ichida tugashini istashini ma’lum qilgan.
Ukrainalik amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida AQSh tomonidan Ukrainaga muhim xavfsizlik kafolatlari berishga tayyorligini ham tasdiqlagan.
Suhbatda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etgan.