Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Buxoroda 13 yoshli qiz farzandli bo‘ldi

Buxoroda 13 yoshli qiz farzandli bo‘ldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda 13 yoshli qiz farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda qizni uning o‘gay otasi zo‘rlagani aytiladi.

Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs prosessual tartibda ushlanib, unga tegishli tartibda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ammo, u qizning o‘gay otasi ekanini rad etdi. Gumonlanuvchi qizning oilasiga yaqin odam ekanligi ma’lum qilindi.

Holat bo‘yicha JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Holat voyaga yetmaganga nisbatan jinsiy jinoyatga oidligi hamda bolaning sha’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi nuqtai nazaridan mazkur jinoyat hodisasi yuzasidan batafsil ma’lumotlarning OAVlarida keng e’lon qilinib, tarqatilishi bolaning manfaatlariga zidligi haqida eslatamiz.

Bolalar ombudsmani vakolati doirasida bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan ish yurituvi bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 14:48. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!