Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainaning Xarkov, Zaporojjya va Kiyev viloyatlariga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning Xarkov, Zaporojjya va Kiyev viloyatlariga hujum qildi

Xarkov viloyatining harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, Xarkov shahri va Ray-Olenevka qishlog‘iga berilgan zarba oqibatida 14 kishi, jumladan 7 yoshli bola jarohatlangan. Sinegubov Rossiya Xarkovga 17 ta dron va ikkita raketa bilan hujum qilganini bildirdi.

Zaporojjyaga qilingan hujumlar tufayli 19 ta ko‘p qavatli uy, 4 ta xonadon va noturar-joy binolari shikastlangan. Hujumdan so‘ng shaharning uchta tumanida 500 dan ortiq uy issiqlik ta’minotisiz qolgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati tungi hujum oqibatida bir kishi jarohatlanganini qayd etgan.

Kiyevda hozirda jabrlanganlar aniqlanmagan. Zarbalar natijasida Darniskiy tumanidagi 9 qavatli uy shikastlangan. Shuningdek, Pecherskiy va Goloseevskiy tumanlarida ham inshootlarga zarar yetkazilgan.

Kiritildi: Bugun 15:42. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!