Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Ta’lim sohasi mansabdori pora bilan ushlandi

Ta’lim sohasi mansabdori pora bilan ushlandi

🛡Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati ta’lim tizimi mas’ullaridan birining noqonuniy harakati fosh etildi.

🫰Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.

☄️Ammo, ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📌Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tergov jarayonida uni Jinoyat Kodeksining 167, 209 va 243-moddalarida nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham fosh qilindi.

Kiritildi: Bugun 08:36. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!