Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) ekspertlari buning uchun Rossiya armiyasiga yangi chaqiriluvchilar yetishmayotganini bildirdi.
Londonda joylashgan institut har yili dunyo davlatlari qurolli kuchlari taqqoslanadigan Military Balance hisobotini taqdim etadi.
Mazkur hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyaning mudofaa xarajatlari biroz oshib, YAIMning 7,3 foizigacha yetgan. IISS bu Rossiyada iqtisodiy vaziyat tobora murakkablashayotganini aks ettirishini qayd etib, holatni iqtisodiy o‘sishning yo‘qligi, davlat byudjeti taqchilligi ortayotgani, xomashyo eksportidan tushadigan daromadlar qisqarayotgani bilan izohlagan. Butun o‘tgan yil davomida Rossiya, juda katta yo‘qotishlarga qaramay, Ukrainaning 1 foizidan kam hududini egallashga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Yevropadagi NATO davlatlari ham so‘nggi uch yil ichida qurollanish xarajatlarini deyarli ikki barobarga oshirgan. Germaniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2024 yildan boshlab to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning harbiy xarajatlari ilk bor 100 mlrd yevrodan oshdi.
Dunyo bo‘yicha mudofaa xarajatlari hajmi jihatidan dastlabki uch o‘rinni AQSh (921 mlrd dollar), Xitoy (251 mlrd dollar) va Rossiya (186 mlrd dollar) egallab turibdi.