Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Biz urushni to‘xtatish qobiliyatiga egamiz..."

"Biz urushni to‘xtatish qobiliyatiga egamiz..."

KXDR yadroviy tiyib turish vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, deya ma’lum qildi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In.

“Biz urushni to‘xtatish qobiliyatiga egamiz va bizga qarshi har qanday kuch hujum qilsa, darhol javob berishga tayyormiz”, — dedi Kim Chen In Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi qurultoyida.

Kelgusi besh yillikda KXDR yangi maxfiy qurol turlarini, sun’iy yo‘ldoshga qarshi tizimlarni yaratish va amaliyotga joriy etish ustida ishlaydi deya qo‘shimcha qildi Kim Chen In.

Ma’lum qilinishicha, Shimoliy Koreyada raqiblarni ushlab turish uchun har yili qo‘shimcha strategik qurollarni joylashtirish rejalashtirilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisining ta’kidlashicha, aynan AQSh boshchiligidagi G‘arb kuchlari boshqa davlatlar suverenitetiga ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda, xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzmoqda. Dunyo AQShning gegemonlik siyosati tufayli xaosni boshdan kechirmoqda

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!