Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

«Real» va «PSJ»ning yirik g‘alabalaridan so‘ng YECHL favoritlari ro‘yxati yangilandi

«Real» va «PSJ»ning yirik g‘alabalaridan so‘ng YECHL favoritlari ro‘yxati yangilandi

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvlaridan so‘ng, ekspertlar asosiy favoritlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishdi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, joriy Chempionlar ligasida «Arsenal» g‘alaba qozonish uchun eng yuqori imkoniyatga ega. «To‘pchilar»ning bosh sovrinni qo‘lga kiritish ehtimoli 24,6% ni tashkil etmoqda.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasiga 18,7% lik ko‘rsatkich bilan «Bavariya» ko‘tarildi. «Barselona» va «PSJ» jamoalari 10,3% lik imkoniyat bilan uchinchi o‘rinni egallab turishibdi. Madridning «Real» klubi esa 7,1% bilan beshinchi pog‘onadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalning javob uchrashuvlari 2026 yilning 17 va 18 mart (seshanba va chorshanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 16:40. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!