«Real» rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinyoga Yan Diomande masalasida ko‘rsatma berdi. Klub rahbarlari murabbiyga 120 million yevro evaziga jamoaga qo‘shilgan yulduz futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerakligini bildirgan. Bu haqda jurnalist Xorxe Pikon ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Mourinyo «Real» rahbariyati tomonidan o‘ziga o‘tkazilayotgan bosimdan norozi.
Avvalroq Mourinyoni «Real» bosh murabbiyligiga tayinlashdagi shartlardan biri tarkibni tanlash jarayonida klub rahbariyatining aralashmasligi bo‘lgani xabar qilingan edi. Florentino Peres bu masalada Joze Mourinyoga to‘liq erkinlik berishga va’da qilgan.