Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Real" muxlislari uchun yaxshi yangilik bor

"Real" muxlislari uchun yaxshi yangilik bor

Din Xyoysen yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga doirasidagi "Alaves"ga qarshi o‘yinga qadar "Real" safiga qaytishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda The Athletic.

Madridliklar markaziy himoyachisi sonidan olgan jarohati tufayli so‘nggi 5 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

"Real" bo‘lajak o‘yinda himoyachilar Dani Karvaxal, Trent Aleksandr-Arnold, Eder Militao, David Alaba va Ferlan Mendidan jarohatlari tufayli foydalana olmaydi. Shuningdek, o‘tgan dam olish kunlari "Selta"ga qarshi o‘yinda (0:2) Fran Garsiya va Alvaro Karreras qizil kartochka olib, diskvalifikasiya qilindi.

Chap qanot himoyasida o‘ynashi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Eduardo Kamavinga jarohati sabab maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.

Shuningdek, "Real" diskvalifikasiya tufayli hujumchi Endrikka umid bog‘lay olmaydi, Kilian Mbappening ishtiroki esa mushaklaridagi noqulaylik va tizzasidagi og‘riq tufayli so‘roq ostida.

Kiritildi: Bugun 10:32. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!