Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

"Real" joriy yilning yozidayoq bomba transferni rasmiylashtirmoqchi

"Real" joriy yilning yozidayoq bomba transferni rasmiylashtirmoqchi

«Manchester Siti»ning norvegiyalik markaziy hujumchisi Erling Xoland Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda One Football jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik to‘purarning xizmatlariga «Real Madrid» klubi qiziqish bildirmoqda. «Qirollik klubi» rahbariyati skandinaviyalik goleadorning transferini yozgi transfer oynasida amalga oshirishdan umidvor. Agar Xosep Gvardiola «shaharliklar» bosh murabbiyi lavozimini tark etsa, Xoland jamoadan ketishga qaror qilishi mumkin.

25 yoshli hujumchining bozor qiymati 200 million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: Bugun 20:02. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!