"Real" muxlislari "Sevilya"ga (2:0) qarshi o‘yinning 83-daqiqasida zaxiraga olingan Vinisius Juniorga hushtakbozlik qilishdi.
O‘yinchi almashtirilgani ma’lum bo‘lgach, qanot hujumchisi sardorlik bog‘ichini Tibo Kurtuaga berib, maydon tashqarisiga yo‘l oldi. Vinisius maydonni tark etar ekan, tribunalardan hushtak ovozi eshitila boshladi.
Braziliyalik muxlislarga minnatdorchilik bildirmadi va tribunadagilarning xatti-harakatlariga hech qanday munosabat bildirmadi.