Raqobat qo‘mitasiga 2024–2025 yillar davomida nodavlat ta’lim xizmatlari bo‘yicha 1 200 ga yaqin murojaat kelib tushgan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, nodavlat ta’lim xizmatlari sohasida aholidan kelib tushayotgan e’tirozlar-murojaatlarning asosiy qismi:
Qayd etilishicha, bir qator o‘quv markazlari va ta’lim platformalarida ta’lim sifati qoniqarsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov undirilishi, shartnoma shartlari va pulni qaytarish tartibi bo‘yicha yetarli ma’lumot berilmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda.
E’tirozlarda “Uzum Nasiya”, "Shaffof moliya”, “Paylater” va boshqa muddatli to‘lov platformalari orqali tuzilgan shartnomalarni bekor qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, reklamada berilgan va’dalar amalda bajarilmayotgani bildirilgan.
Qo‘mita yuqoridagi kabi ta’lim markazlarini qonunchilikka, lisenziya talablariga, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishga chaqirgan holda, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik nazarda tutilganini eslatgan.