Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning katta o‘g‘li Ahmat Qodirovni II darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordeni medali bilan taqdirladi.
Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.
Ahmat Qodirov Checheniston hukumatida jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida faoliyat yuritadi.
"Yosh bo‘lishiga qaramay, Ahmat Ramzanovich o‘zini malakali mutaxassis va boshqaruvchi sifatida ko‘rsata oldi. U qisqa vaqt ichida Jismoniy tarbiya va sport vazirligidagi faoliyatida yuqori natijalarni namoyon etdi", — deyiladi mintaqa hukumatining Telegram-kanalidagi tabrik xabarida.