Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Quyoshda yarim tun atrofida kuchli chaqnash qayd etildi

Quyoshda yarim tun atrofida kuchli chaqnash qayd etildi

Quyosh faolligining umumiy pasayish tendensiyasiga qaramay, yarim tun atrofida Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti hamda Sibir filiali Quyosh-Er fizikasi institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qilgan.

«Tun yarmida Quyoshning 4566-sonli asosiy faol hududida kutilmaganda M toifali chaqnash sodir bo‘ldi. Bu guruhga kiruvchi hodisalar rasman kuchli chaqnashlar hisoblanadi, biroq amalda ushbu chaqnash o‘z toifasining quyi chegarasida — M1.7 darajasida bo‘ldi. Undan keyin C toifasiga mansub bir qator kuchsizroq chaqnashlar qayd etildi», — deyiladi xabarda.

Faollikning qisqa muddatli kuchayishiga qaramay, Quyoshdagi umumiy tendensiya o‘zgarishsiz qolmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi kuchli chaqnashlar uchun energiya zaxirasi asosan tugagan, yulduzning faol hududlarida esa quyosh dog‘larining parchalanish jarayoni davom etmoqda.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishi quvvatiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.

Eng past A0.0 sinfi Yer orbitasida har kvadrat metrga 10 nanovatt nurlanish quvvatiga mos keladi. Keyingi harfli sinfga o‘tilganda nurlanish quvvati 10 baravarga oshadi.

Quyosh chaqnashlari quyosh plazmasi otilib chiqishi bilan birga kechishi mumkin. Ushbu plazma bulutlari Yerga yetib kelganda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik