“Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda, uning hatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli, bojxona xodimi tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning tanasidan umumiy og‘irligi 1 028 gramm bo‘lgan quyma tilla bo‘laklari aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 312 million so‘mni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli prosessual harakatlar amalga oshirilmoqda.