So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotishibdi, keyin u portlabdi” degan xabarlar asossiz va haqiqatga ziddir.
Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu snaryad harbiy qismlar tasarrufida bo‘lmagan hududda, mahalliy cho‘ponlar tomonidan noqonuniy ravishda topilgan va metallolomga topshirilgan.
Fuqarolar bunday holatlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilib, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari lozim.
Harbiy xizmatchilarning mazkur voqeaga hech qanday aloqasi yo‘q, ularga nisbatan jinoiy javobgarlik yo‘q. Snaryad esa O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud bo‘lmagan, 1970 yillarda ishlatilgan turga mansub ekani ma’lum qilindi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.