Qotillik sahnalashtirilib, shartli yollanma qotil holatni tasvirga olgan holda buyurtmachilarga ko‘rsatgan. Erining o‘lganiga ishongan ayol va uning jazmani shartli yollanma qotilga 5,5 ming dollar berayotganda qo‘lga olingan.
Ayol sudda erini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lganini, ammo folbin qo‘shnisi tanishtirgan shaxs “yo‘q qilib yuborsa izi chiqmasligini” ma’lum qilib, qotillikka undaganini aytgan.
Sud ayol va uning jazmanini aybli deb topdi. Ularga 8,5 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.