AQSh qulagan F-15E Strike Eagle ekipajini Eron hududidan evakuasiya qilish bo‘yicha maxsus operasiyaning avval maxfiy bo‘lgan kadrlarini oshkor qildi. Videoda «Bravo-44» chaqiruv belgili F-15 qurol tizimlari operatorini evakuasiya qilish uchun maxsus kuchlar desant tushirgani aks etgan.
Shuningdek, AQSh harbiylari qulagan uchuvchilarni qidirayotgan Eron qurolli tuzilmalariga tegishli yo‘l blokpostlaridan biriga havo zarbasi berilgani ko‘rinadi.
AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruv operasiyasida jami 21 ta samolyot ishtirok etgan va Eron hududiga maxsus operasiyalar qo‘mondonligining qariyb 92 nafar harbiy xizmatchisi tushirilgan.