Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Si Szinpin og‘ir insultga uchraganmi?

Si Szinpin og‘ir insultga uchraganmi?
Si Szinpin og‘ir insultga uchragani haqida tasdiqlanmagan xabar tarqaldi X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi xitoylik dissident Vanjun Sega ko‘ra, Si Szinpinning BRIKS sammiti vaqtida hushidan ketgani, shundan so‘ng Xitoyga maxsus samolyotda qaytarilib, Pekindagi 301-shifoxonaga olib borilgani haqida xabar tarqaldi. Muallif Si Szinpinga og‘ir ishemik insult tashxisi qo‘yilgani va uning sentyabr oxiridagi AQSh safari bekor qilinishi mumkinligini da’vo qilgan. Shuningdek, Sammit vaqtida Narendra Modi Siga qarab «Are you OK?» («Yaxshimisiz?») degan. Shu paytda xodimlardan biri Siga nimadir uzatgan. Bu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, uning sog‘lig‘i haqida gumonlarni kuchaytirgan. Si BRIKSning kechki ziyofatida qatnashmagan. Bu ham turli taxminlarga sabab bo‘lgan. Ammo uning ziyofatga bormagani sog‘liq sababli bo‘lgani rasman aytilmagan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligining faktcheking bo‘limi Si Szinpin va boshqa rahbarlar sammitdan keyin kasal bo‘lib qolgani haqida tarqalayotgan xabarlarni yolg‘on va chalg‘ituvchi deb atagan.
Kiritildi: 20:55 17.09.2026. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!