Campeones Cup doirasida «Inter Mayami» Meksikaning «Krus Asul» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
39 yoshli Lionel Messi uchrashuvda gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi assistni «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Kazemiroga berdi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, bu Messining «Inter Mayami» safida Kazemiroga bergan uchinchi golli uzatmasi bo‘ldi. Ular Amerika klubida hozirga qadar 11 ta uchrashuvda birga maydonga tushgan.
Shu tariqa, Messi Kazemiroga golli uzatmalar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Portugaliyalik futbolchi Kazemiro bilan 121 ta uchrashuvda birga o‘ynab, unga atigi ikki marta assist qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Kazemiro avval Madridning «Real» va «Manchester Yunayted» klublarida birga to‘p tepgan.