Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Qo‘qonda mijozni o‘ldirib, murdasini kanalga tashlab yuborgan bank xodimiga hukm o‘qildi

Qo‘qonda mijozni o‘ldirib, murdasini kanalga tashlab yuborgan bank xodimiga hukm o‘qildi
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy avval Qo‘qonda (Farg‘ona viloyati) bank xodimi mijozini o‘ldirib, murdasini kanalga tashlab yuborgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, mart oyi oxirida O‘zbekiston tumanida yashovchi S. E. avtokredit rasmiylashtirish uchun bankka yo‘l olgan. Shundan so‘ng u bedarak yo‘qolgan. Marhumning yaqinlari u bank binosini xodim bilan birga tark etganini, xodim esa ikki soatdan keyin yolg‘iz o‘zi qaytib kelganini aytishgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘qondagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A. T. gumonlanuvchi tariqasida ushlanib, u mijozni o‘ldirganini tan olgan. Jumladan, A. T. S. E.ning yonida 5 700 dollar borligini bilib, ushbu pullarni egallab olishni maqsad qilgan. U mijozning ishonchiga kirib, uni ko‘chaga chiqishga ko‘ndirgan va o‘zining Tracker avtomobilida xilvat joyga olib borgan. U yerda u fuqaro bilan qasddan nizo chiqarib, uni mashinadan tortib olishga uringan. S. E. qarshilik ko‘rsatganida, A. T. unga oshxona pichog‘i bilan 20 dan ortiq zarba bergan. U marhumning murdasini mashinasiga ortib, bankka qaytgan. Ish kuni yakunlangach, sudlanuvchi marhumning murdasini katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborgan. S. E.ning murdasi oradan oltmish kun o‘tib topilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi A. T.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» va «i» bandlari (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topdi. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, sud qarori bilan aybdordan marhumning qonuniy vakili foydasiga moddiy va ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.
Kiritildi: 14:03 17.09.2026. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!