Aslida, birorta ham Armaniston vakili bunday savolni ko‘tarmagan, deya qo‘shimcha qildi Armaniston Bosh vaziri.
Uning ta’kidlashicha, 2018 yildan beri u Putin bilan ko‘plab uchrashuvlar va aloqalar o‘tkazgan va harbiy bazani olib chiqish masalasi hech qachon muhokama qilinmagan.
Biroz avval Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Simonyan ham shu haqda qikr bildirgan edi.
"Biz 102-harbiy baza haqida bir og‘iz ham gapirmadik. Bu Rossiya tomonining bayonoti edi. Ochig‘i, nima uchun bunday deyishganini tushunmayapman. Bosh vazir aytganidek, agar ular qolishni istasalar, qolishsin; agar xohlamasalar, ketishsin. Ular muzokaralar davomida o‘z fikrlarini bildirganlarida, biz o‘z nuqtai nazarimizni bildiramiz", dedi Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi.