Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov gaz yo‘qligini aytib, aholiga tezak yoqishni maslahat berdi. Bu aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«Hech kim tezak qilmay qo‘ydi, tezak chalmalarni yig‘ib, bosib, qishda ikkita tashlab qo‘ysa bo‘ladi-ku. Hamma gaz-gaz deb qoldi. Gazning tagi bo‘lsa qani, yo‘q-da shu gaz!» — deydi Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov deputatlar bilan yig‘ilishda.