Andijon viloyatining Asaka tumanida erkak o‘z xotinini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, 27 yanvar kuni soat 15:30 larda maktabda ishlovchi O.U. birga ishlovchi turmush o‘rtog‘i O. M. bilan kelib chiqqan oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida yonida olib kelgan xo‘jalik pichog‘i bilan ayolga bir necha marotaba tan jaroxati yetkazgan. Natijada ayol vafot etgan.
Shundan so‘ng, erkak yashash xonadoniga qaytib kelib, ushbu xo‘jalik pichog‘i bilan o‘zining qorin soxasiga bir necha marotaba urib, o‘z joniga suiqasd qiladi.
Ushbu payt, erkakning akasi uni ko‘rib qolib, shifoxonaga olib boradi va ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolinadi.
Mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.