Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Vashington Tehronga bosimni kuchaytirgan va yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga rioya qilinmasa, kuch ishlatishi mumkinligini bildirgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Eronning yadro ob’ektlariga, harbiy va hukumat infratuzilmasiga zarbalar berish, shuningdek, xavfsizlik uchun javobgar rahbarlarni nishonga olish kabi turli harakat variantlarini muhokama qilmoqda. Ammo Vashington hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Shuningdek, mintaqada AQShning yirik dengiz va havo kuchlari jamlangan bo‘lib, bu Eronga bosim elementlari sifatida ko‘rilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Eron vositachilar orqali muloqotga tayyor ekanligini bildirish bilan birga, har qanday hujumga keskin javob berishidan ogohlantirmoqda.