Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
“Kelajak o‘yinlari — 2026” xalqaro turniri doirasida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida maxsus ajratilgan hududi uzra EH216-S rusumli vertikal uchib-qo‘nuvchi elektr apparati (eVTOL) namoyish parvozini amalga oshirdi.
Qozog‘iston hukumati birinchi bosqichda mamlakatning tabiiy, madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylari uzra davomiyligi besh daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lgan namoyish va sayyohlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kelajakda bunday apparatlar shahar transport tizimining bir qismiga aylanib, mavjud harakatlanish turlarini to‘ldirishi mumkin.
Yo‘lovchi tashishdan tashqari, uchuvchisiz havo taksilaridan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, dori-darmon yetkazib berish, qidiruv-qutqaruv amaliyotlarini bajarish, yong‘inlarni o‘chirish va logistika vazifalarida foydalanish rejalashtirilmoqda.