Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Deepfeyk'lardan, yani soxta xabarlar va sun’iy intellekt bilan yaratilgan yolg‘on xabarlardan foydalanmaslik bo‘yicha fatvo chiqardi, deb xabar beradi zakon.kz
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Islom qonunlari endi deepfeyklardan foydalangan holda yolg‘on ma’lumotlar tarqatishni va aldashni taqiqlaydi. Shuningdek, u soxta va bot akkauntlaridan foydalangan holda obunachilar sonini ko‘paytirishni, bunday xizmatlar uchun pul to‘lashni va soxta akkauntlar orqali obunachilar sonini oshirib bu orqali pul topishni ham taqiqladi.