@Sputnik_Kyrgyzstan nashrining mamlakat FVVga tayanib xabar berishicha, o‘tgan tunda O‘sh shahridagi xususiy uylarning birida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 2013, 2016 va 2018 yillarda tug‘ilgan uch nafar qizaloq halok bo‘lgan.
Qariyb uch yarim soat davomida o‘chirilgan alanga ichida qolgan qizlarning otasi tanasining 60 foiz kuyish jarohati olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ushbu mudhish fojiaga oshxonadagi elektr simlarining qisqa tutashuvi yoki elektr isitgichdagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.