Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qatar bilan o‘yinga onlayn chiptalar chiqarilmaydi!

Qatar bilan o‘yinga onlayn chiptalar chiqarilmaydi!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi.

O‘FA xabariga ko‘ra, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida chipatlarni faqat “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionida oflayn sotish tartibini joriy etiladi. Mazkur chiptalar maxsus kodlangan bo‘ladi.

Avvalgi uchrashuvlarda firibgarlar elektron chiptalarni soxtalashtirib, ko‘plab muxlislarning stadionga kirolmasligiga sababchi bo‘lishgan ekan.

Chiptalar sotuvi boshlanish sanasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 12:48 30.05.2025. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!