Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Qashqadaryoda 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “M. O. S. B.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, 407 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu kabi holat Nishon tumanida fuqaro T. F. qarashli suv nasoslarida ham qayd etildi. Ush qoidabuzarlik natijasida, ta’minot korxonasiga 364 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Ko‘kdala tumanda fuqaro G. G‘. ga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 349 mln so‘mni tashkil qildi.

Kiritildi: 11:11 13.07.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!