"O‘zenergoinspeksiya" tomonidan Koson tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "K.D.O.B." MCHJga qarashli noturar binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 270,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holat ushbu tumanda "A. X. A." xususiy korxonaga qarashli binoda ham qayd etildi. Ush qoidabuzarlik natijasida, ta’minot korxonasiga 185,3 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Kasbi tumanida YTT M. Z. ga qarashli noturar binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 617,8 million so‘mni tashkil qildi.