Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qamashida xususiy bog‘chada 3 yoshli tarbiyalanuvchi vafot etdi

Qamashida xususiy bog‘chada 3 yoshli tarbiyalanuvchi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidagi “Zafar” MFYda faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Aga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli tarbiyalanuvchi transport vositasida unutib qoldirilganligi sababli vafot etgan.

Mazkur ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida tashish qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy ogohlantirib kelingan.

Ammo mazkur talab va majburiyatlarga amal qilinmaganligi sababli joriy yilning 4 iyun kuni muassasaga qatnovchi tarbiyalanuvchilardan biri transport vositasida qoldirib ketilgan hamda muassasa xodimlarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi natijasida avtotransport ichida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O. A bilan tuzilgan tegishli bitim hujjatlari bekor qilindi.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!