Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kenja qizi Katerina Tixonova 2025 yil avgust oyida Adrian ismli o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar tarqaldi. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning otasi Bavariya davlat baletining sobiq rahbari Igor Zelenskiy bo‘lishi mumkin.
Xabarda ta’kidlanishicha, chaqaloqqa onasining familiyasi berilgan. Bu ma’lumotlar hozircha OAV tarqatgan xabar sifatida keltirilmoqda.