Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin Ukraina va AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozilik bildirdi

Putin Ukraina va AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozilik bildirdi

Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida qayta boshlanishi mumkin. Moskva uch tomonlama muloqotni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning bildirishicha, Vladimir Putin bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukrainadagi urush yakunlanganidan keyin Rossiya va Ukraina uchun xavfsizlik tizimini shakllantirish bo‘ladi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Uitkoff Moskva tomonining bu qarorini AQSh prezidenti Donald Tramp mamnuniyat bilan qabul qilishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Kreml vakili avvalgi uch tomonlama muzokaralarning to‘xtab qolishida Kiyevni aybladi. Biroq bu borada Ukraina tomonining pozisiyasi alohida masala bo‘lib qolmoqda.

Hozircha yangi uchrashuvning aniq sanasi rasman e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 19:38 21.10.2026. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!