Davlat rahbariga ko‘ra, Uzbekistan Airways marshrutlari optimal tanlanmagan, reyslar orasi uzoq, kechikishlar ko‘p, keytering va texnik xizmatda raqobat yo‘q. Shu sababli kompaniya 120 mln dollar daromadni boy beryapti.
Shuningdek, bir qator davlat korxonalarida mahsulot tannarxi oshib borayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, NKMKda 1 unsiya oltin tannarxi 8,2 foizga ko‘tarilgan.