Davlat rahbari ikki kunlik tashrif davomida Qoraqalpog‘istondagi sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.
Shuningdek, aholi bandligi va mahallalarni obodonlashtirish ishlari ko‘rib chiqiladi. Yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinadi.