Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Prezident Sergelidagi ko‘prik muammosiga to‘xtaldi​​​​​​​

Prezident Sergelidagi ko‘prik muammosiga to‘xtaldi​​​​​​​

Fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan «Junariq» kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘rab murojaat qilgan.

Biroq bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga esa yuzaki javob berilgan. Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan.

Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident bu masalaga e’tibor qaratib, murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tdi.

O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi ko‘targan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani ta’kidlandi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!