Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Prezident oziq-ovqat xavfsizligi masalasini tanqid qildi

Prezident oziq-ovqat xavfsizligi masalasini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash tizimidagi kamchiliklar tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, hududlarda intervensiya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani sababli pishiqchilik mavsumida kartoshka narxi keskin pasaygan. Natijada fermerlar uchun manfaatdorlik yo‘qolib, 325 ming tonna kartoshka sotilmay qolgan.

Davlat rahbari kartoshkani fermerlar uchun manfaatli narxda davlat zaxirasiga xarid qilib, mahsulot taqchilligi yuzaga kelganda bozorga chiqarish orqali narxlarni barqaror ushlab turish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, yilning yarmi o‘tganiga qaramay, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida birorta ham sovutkichli ombor ishga tushirilmagani tanqid qilindi. Yil yakuniga qadar 87 ming tonna sig‘imga ega 340 ta sovutkichli omborni foydalanishga topshirish vazifasi belgilandi.

Kiritildi: 17:56 21.07.2026. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!